Anchelotti qariyalar rekordini urdi

  • 05.05.2024 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ni navbatdagi chempionlikka olib kelgan Karlo Anchelotti o‘ziga tegishli rekordni yangiladi.

Italiyalik mutaxassis La Ligada g‘olib chiqqan eng yoshi katta bosh murabbiy sifatida qayd etildi. Bu gal Anchelotti 64 yoshu 329 kunligida chempion o‘laroq tan olindi.

Avvalgi rekord ham Karloning o‘ziga tegishli bo‘lib, “Real” ikki yil avval chempion bo‘lganida bosh murabbiy 62 yoshu 336 kunlik edi.

Bu borada uchinchi ko‘rsatkich yana bir italiyalik murabbiy Fabio Kapelloga tegishli. Kapello 2007 yili “Real”ni chempion qilganida 60 yoshu 364 kunlik bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!