
Anchelotti "Real" mashg‘ulotlariga kelgan Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirdi (Foto)
Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirdi.
37 yoshli "Al-Nassr" hujumchisi Saudiya Arabistonida "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finaliga tayyorlanayotgan "Real" Madrid jamoasining mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi.
"Bizlardan birimiz. Krishtianuga tashrif buyurgani uchun tashakkur", - deya yozib qoldirdi "qaymoqranglilar" ustozi Ronaldu bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylab.
Ma’lumot uchun, "Barselona" hamda "Real" o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali 15 yanvar oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar