Anchelotti “Real” yulduziga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 18.01.2022 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumkor futbolchi Eden Azar tezroq klubni tark etishini talab qilyapti. Bu haqda Marca nashri xabar etkazdi.

Manbaning ta’kidlashicha, italiyalik mutaxassis klub mutasaddilaridan belgiyalik futbolchini yanvar oyida sotib yuborishni so‘ragan. Biroq o‘yinchining maoshi juda katta ekani tufayli bu ish oson bitmasligi aniq.

Karlo Anchelotti esa bundan buyon Azarning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ispan futboliga moslasha olmagan Eden joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!