Anchelotti "Real"dan yangi darvozabon transfer qilishni so‘radi

  • 22 iyun, 2023, 17:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Anchelotti "Real"dan Lunin o‘rniga yangi darvozabon so‘radi, ammo klub pul sarflashni xohlamadi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelotti iltimosiga qaramay, yangi o‘rinbosar darvozabon sotib olish niyatida emas. "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" jamoada Andrey Lunin bor ekan, yangi darvozabon sotib olish zaruratini ko‘rib chiqmaydi.

Anchelotti ukrainalik futbolchining o‘yin darajasidan qoniqmayapti, shu bois uning o‘rniga, kerak bo‘lsa, Kurtuani adekvat o‘rnini bosa oladigan ishonchliroq darvozabonni ko‘rishni istaydi.

Luninning o‘zi zaxira o‘rindig‘iga qaramay, "Real"da qolishni xohlaydi.  24 yoshli posbon "qaymoqranglilar" safida 2018 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!