
Anchelotti uchun APLning yana bir klubi kurashga qo‘shildi
Bugun "Napoli"dan iste’foga chiqarilgan Karlo Anchelotti yana APLga qaytishi mumkin.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyalik mutaxassis uchun "Everton" ham da’vogarlik qilmoqda. Aytish kerakki, mersisaydliklar 5 dekabr kuni Marku Silvani bosh murabbiy lavozimidan ozod etishgan edi.
Bundan avvalroq esa Anchelottining xizmatlariga Emerini ishdan bo‘shatgan "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar