
Anchelotti: Uxlab qolish yo‘q
Karlo Anchelotti "Real"ning Chempionlar ligasidagi 15-g‘alabasidan so‘ng to‘xtab qolmasligini aytdi.
- Qanday qilib "Real" g‘alaba qozonishda davom eta oladi?
- Bu klub tarixi va an’analari bilan bog‘liq, albatta. Bu klub bir oila. Biz hech qanday muammosiz birga ishlaymiz. Kiyinish xonasida ajoyib muhit mavjud.
- Klub va futbolchilarga rahmat aytishim kerak. Bu erda egoistlar yo‘q. Ular juda kamtar. Bu mavsum jamoani boshqarish qiyin bo‘lmadi.
- G‘alabani qanday nishonlaysiz?
"Nima qilishimizni bilmayman, ammo uxlab qolish yo‘q", - dedi "Real" bosh murabbiyi.
Fikrlar