Anchelotti: Xamesning transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda

  • 14.07.2019 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real” xavbeki Xames Rodriges bilan muzokaralar davom etayotganini aytdi.

“Xames ko‘plab pozitsiyalarda o‘ynashi mumkin – hujumchi ortida yoki qanotda. Men uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladim. Uning transferi masalasida esa muzokaralar davom etmoqda va bu juda ko‘p vaqt oladi. Agar transfer amalga oshmay qolgan taqdirda ham biz kuchli jamoa shakllantirishda davom etamiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napoli” prezidenti “Real” kolumbiyalik futbolchi uchun juda ham ko‘p mablag‘ so‘rayotgani va agar vaziyat o‘zgarmasa, ushbu transfer barbod bo‘lishi haqida aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!