
Anchelotti yozda "Napoli"ga kimlarni olib kelmoqchi?
“Napoli” klubi yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z jamoasida “Milan” etakchisi Suso va “Bavariya” yarim himoyachisi Arturo Vidalni ko‘rmoqchi, deya xabar beradi italyan OAV.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi hamyurti Xose Kalexonga almashtirilishi mumkin. Chililik futbolchini esa italiyalik mutaxassis Marek Gamshikga o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Sababi yozgi transferlar mavsumida u Xitoyga yo‘l olishi kutilmoqda.
Gamshikdan tashqari “Napoli”ni Jorjino ham tark etishi mumkin. Unga “Manchester Siti” klubi qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar