Anchelottiga “Liverpul” etakchisi kerak

  • 15 may, 2024, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan “Real” bosh murabbiyi  Karlo Anchelotti jamoaning nozik nuqtalarini kuchaytirishga e’tibor qaratdi.

Italiyalik mutaxassis yozgi transferlar vaqtida o‘ng qanot himoyasiga yangi o‘yinchi olib kelmoqchi. Madridliklar bu pozitsiyaga “Liverpul” etakchilaridan Trent Aleksander-Arnoldni taklif qilishni rejalashtirgan.

“Qirollik klubi” mutasaddilari Trentni Daniel Karvaxal o‘rniga munosib o‘rinbosar, deb hisoblamoqda va bu transfer orqali anchadan beri muammoli nuqta bo‘lib kelayotgan o‘ng qanot himoyasidagi kamchiliklarni uoq muddatga yopmoqchi.

Trentning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng tugaydi. Agar tez orada hamkorlik uzaytirmasa, liverpulliklar qimmatbaho himoyachini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!