Anchelottiga “Real”da qolish sharti aytildi

  • 15 fevral, 17:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Biroq bu italiyalik mutaxassisning jamoa boshqaruvidagi o‘rni kafolatlangan, degani emas.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, hozircha klub xo‘jayinlarida tajribali murabbiydan voz kechish istagi yo‘q. Lekin bu masala jamoaning joriy mavsumni qanday yakunlashiga bog‘liq bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, agar “Real” bu yil Ispaniya chempionati yoki Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Anchelotti shartnomasining oxirigacha o‘z vazifasini bajarish uchun qoladi.

Biroq jamoa kutilgan natijani qayd eta olmasa, rahbariyat bosh murabbiyni lavozimdan iste’foga chiqarib yuborishi e’timoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!