
Anchelottiga "Tottenxem" futbolchisi kerak
Londonning “Tottenxem” klubi xavbeki Erik Dayer faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha 23 yoshli futbolchining xizmatlariga shaxsan myunxenliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘zi qiziqish bildirmoqda. Ushbu transfer narxi esa tahminan 55 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi a’zosi uchun bundan avvalroq “Manchester Yunayted” ham “og‘iz solib” ko‘rgan edi.
Fikrlar