Asosiy mazmunga oʻtish

Anchelottining bu ishi noprofessionallikdir!

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Men ular o‘rtasida aloqa borligiga ishonmayman. Anchelottining "Real" bilan amaldagi shartnomasi bor. U mendan Braziliya terma jamoasi haqida so‘ragan, lekin u erda ishlashni xohlayotganini hech qachon aytmagan. Uning shartnoma bo‘yicha kelishib olgani haqidagi xabarni ko‘rib hayron bo‘ldim. Ikkita tomonlama shartnoma imzolash noprofessionallikdir”, - dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti va "Real" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q