"Andijon" - "Metallurg": G‘alaba qozona olmayotgan va gol ura bilmayotgan jamoalar bellashuvi
Bugun Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida mamlakat milliy chempionatining 11-turidan o‘rin egallagan “Andijon” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin Aleksandr Xomyakovning "Andijon" bosh murabbiyi sifatidagi debyuti bo‘ladi.
Bugungi o‘yin oldidan jamoalarning holati haqida qisqacha ma’lumot:

"Andijon" ayni paytda 10 ta o‘yindan so‘ng 8 ochko jamg‘argan holda 11-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 1 ta g‘alaba, 5 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat bor. “Andijon” so‘nggi beshta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti (3 durang va 2 mag‘lubiyat). "Metallurg"ning g‘alabasiz seriyasi esa to‘rtta o‘yinga etdi – 2 durang, 2 mag‘lubiyat. Bekobod klubi uchta bahsdan buyon raqiblari darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Ayni paytda “Metallurg” 12 ochko jamg‘argan va bekobodliklar 12-o‘rinda borayapti.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarida o‘zaro 34 ta o‘yin o‘tkazishgan. 14 ta uchrashuvda Bekobod, 11 ta bahsda Andijon klubi g‘olib chiqqan. Yana 9 ta o‘yinda tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan.
"Metallurg" safarda bu jamoani faqat bir marta (2011 yil) mag‘lub eta olgan ekan.

Fikrlar