
"Andijon" bosh murabbiyi, "So‘g‘diyona" legioneri va "Loko" yulduzi jazolandi - O‘FA tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari bilan tanishing
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Superliga
“Surxon” — “Paxtakor”
O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan “Surxon” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahsda mehmonlar futbolchisi Luis Migel zaxiraga olinganidan so‘ng to‘p beruvchi bolalardan to‘pni olib qo‘yib, vaqt cho‘zishga harakat qildi. Bu ishi orqali ommaviy tartibsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Luis Migelga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf” — “So‘g‘diyona”
O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90+2-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Luka Chermel sariq kartochka bilan ogohlantirilganidan so‘ng unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maydonga chiqqan jamoa shifokorining tibbiy sumkasini tepib yuborgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Luka Chermelga (“So‘g‘diyona”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv”
O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Jasurbek Jaloliddinov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jasurbek Jaloliddinovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Metallurg”
O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Dinamo” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90+3-daqiqasida mehmonlar vakili Akmal Ortiqov birinchi yordamchi hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Akmal Ortiqovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Nasaf”
O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Boburbek Yo‘ldoshev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Boburbek Yo‘ldoshevga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Metallurg”
O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90+3-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Erkin Baydullaev raqibiga qarata ataylab to‘pni tepib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Erkin Baydullaevga (“Dinamo”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro liga
“Sho‘rtan” — “Yangier quruvchi”
Pro liganing 20-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” — “Yangier quruvchi” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 52-daqiqasida “Yangier quruvchi” futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abdurahmon Abdulhaqovga (“Yangier quruvchi”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Yangier quruvchi” — “Zomin bo‘rilari”
Pro liganing 21-turidan o‘rin olgan “Yangier quruvchi” — “Zomin bo‘rilari” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Eldor Karimov boshi bilan raqib o‘yinchisining bel qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Eldor Karimovga (“Zomin bo‘rilari”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Andijon”
Pro liganing 22-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90-daqiqasida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Viktor Kumikovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Xorazm”
Pro liganing 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Xorazm” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Jumaev oyog‘ining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mirjalol Jumaevga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga
“Do‘stlik Toshkent” — “Do‘stlik Oltiariq”
Birinchi liga 22-turidan o‘rin olgan “Do‘stlik Toshkent” — “Do‘stlik Oltiariq” uchrashuvining 61-daqiqasida mehmonlar futbolchisi G‘iyosjon Tursunov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, 90+1-daqiqada “Do‘stlik Oltiariq”ning yana bir futbolchisi Iqboljon Boboxonov ham bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va tajovuzkor xatti-harakatlar qilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Do‘stlik Oltiariq” klubi futbolchilari G‘iyosjon Tursunovga nisbatan 3 ta o‘yinga, Iqboljon Boboxonovga nisbatan esa 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Yunired” — “Qizilqum farm”
Birinchi liganing 23-turidan o‘rin olgan “Yunired” — “Qizilqum farm” uchrashuvining 90+3-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Murodjon Shamsiddinov raqib futbolchisining qorin qismiga tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Murodjon Shamsiddinovga (“Yunired”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionati
“Lokomotiv” — “Olimpik”
U21 chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” — “Olimpik” bahsining 90+3-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Otabek Turobov raqib futbolchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Turobovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”
U21 chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” bahsining 82-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mashhurjon Muhammadjonov bosh qismi bilan raqib futbolchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mashhurjon Muhammadjonovga (“Neftchi”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Nasaf”
U21 chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” bahsining 90+1-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Sherali Rasulov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sherali Rasulovga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
U19 chempionati
“Surxon” — “Qo‘qon-1912”
U19 chempionatining 22-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” bahsining 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Asilbek Jumaev yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asilbek Jumaevga (“Surxon”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “Yangier quruvchi”
U19 chempionatining 21-turi doirasidagi “Mash’al” — “Yangier quruvchi” bahsining 36-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asliddin Ismoilov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqibiga zarba bergan hamda maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuv yakunlanganidan keyin “Mash’al” futbolchisi Dilshod Dadajonov raqibi Asilbek Umirzoqov sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan. Bosh hakam bu vaziyatda unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatgan. Shuningdek, mazkur holatda Asilbek Umirzoqov maydonga tushib raqib futbolchisi Dilshod Dadajonovning ko‘krak qismiga qo‘li bilan zarba bergan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Yangier quruvchi” vakillari Asliddin Smoilovga nisbatan 3 ta, Asilbek Umirzoqovga nisbatan esa 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, “Mash’al” vakili Dilshod Dadajonov ham 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Ayollar futboli. Oliy liga
“Metallurg-W” — “Qizilqum-W”
O‘zbekiston ayollar Oliy ligasining 19-turidan o‘rin olgan “Metallurg-W” — “Qizilqum-W” uchrashuvining 88-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Durdona Alieva uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqibini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Durdona Alievaga (“Metallurg-W”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston kubogi
“So‘g‘diyona-W” — “Sevinch”
O‘zbekiston kubogining 1/2 finali doirasidagi “So‘g‘diyona-W” — “Sevinch” uchrashuvining 37-daqiqasida ikkala jamoa bosh murabbiyi Sherali Boboqulov va Kozim Valiev o‘zlarini tajovuzkor tutgan holda bir-birining sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatishgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sherali Boboqulov (“So‘g‘diyona-W”) va Kozim Valievning (“Sevinch”) har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar