"Andijon" bugun "Xo‘jand"ga qarshi maydonga tushadi. O‘yindan oldin siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

  • 20 iyul, 2023, 01:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” u erdagi so‘nggi nazorat uchrashuvida bugun Xo‘janda shahrida mahalliy “Xo‘jand” klubiga qarshi maydonga tushadi.

E’tiborli jihati shundaki, “Andijon” hamda “Xo‘jand” klublari sobiq Ittifoq paytidagi chempionatda hammasi bo‘lib 10 marotaba to‘qnash kelishgan. Ilk uchrashuv 1986 yilning 3 avgust kuni o‘tkazilgan bo‘lsa, oxirgi uchrashuv 1991 yilning 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Aynan ushbu yilgi chempionatda Andijonda 4:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, Xo‘jandda maydon egalarining qo‘li baland kelgan - 2:0.

Statistika shundayki, 10 ta uchrashuvning 6 tasida “Andijon”, 4 tasida esa “Xo‘jand” g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati 24\19 jamoamiz foydasiga. Oradan 32 yil o‘tib, “Andijon” va “Xo‘jand” jamoalari yana maydonda uchrashishadi va bu safar xalqaro o‘rtoqlik maqomida.

Ayni chog‘da “Xo‘jand” klubi Tojikiston oliy ligasida 14 ta o‘yinda 4 g‘alaba, 5 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etib, 17 ochko jamg‘arib, 10 ta jamoa orasida 6-o‘rinni band etib turibdi.

“Xo‘jand” klubiga Farruh Marofiev bosh murabbiylik qilmoqda. U shuningdek, parallel ravishda klub ijrochi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Qolaversa, ushbu jamoa safida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchilar – Firdavs Abdusalimov va Xushnud Bozorov to‘p surishmoqda. Bundan tashqari, tarkibda Serbiya, Janubiy Koreya va Kamerundan kelgan legionerlar ham bor.

“Xo‘jand” – “Andijon” o‘rtasidagi o‘yin bugun Xo‘janddagi “Mustaqillikning 20 yilligi” nomli stadionda soat 18:00 da boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
20/07/2023 05:10
Нима бу Ху'жанддаги барча у'йингох,ларда прожектор йу'кми нега кечки 20 да у'йнашмайди