
"Andijon" ertaga Rossiya klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadigan “Andijon”ning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “burgutlar” ertaga navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. “Andijon”ning bu safargi raqibi Rossiyaning “Tver” klubi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Tver” jamoasi 2020 yilda tashkil etilgan. Joriy mavsumda o‘z oldiga yuqori ligaga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan jamoa xozir o‘z guruxida karvonboshilik qilmoqda.
Fikrlar