
"Andijon" futbolchilari yozgi yig‘in oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar
Ma’lumki, “Andijon” jamoasi birinchi davra o‘yinlarini yakunlab qisqa muddatli tanaffusga chiqqandi. Ertadan esa yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Tojikistonning Xo‘jand shahriga jo‘nab ketiladi.
Bugun klub a’zolari mazkur yozgi yig‘in oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar. Xo‘jand yig‘iniga yo‘l oladigan futbolchilar qatorida shuningdek, U-21 tarkibimizdan ham bir qator o‘yinchilar jalb qilinganligini qo‘shimcha qilishimiz joiz.
Shunday qilib, tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan “Andijon” jamoasi a’zolari ertaga Tojikistonga yuqori kayfiyatda yo‘l oladi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar