"Andijon" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 25.01.2024 00:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Mavsum-2024”ni munosib o‘tkazish hamda o‘zining suyukli muxlislariga yanada ko‘proq quvonchli lahzalarni ulashish maqsadi ustivor bo‘lgan "Andijon" jamoasi bu borada tarkibni shunga mos ravishda shakllantirish ustida ham ish olib bormoqda.

Nafaqat, yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash, balki mavjud tarkibdagi o‘yinchilar bilan ham shartnomalarni uzaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Abdug‘aniev2_1

Jumladan, “Andijon”ning 10-raqam egasi hisoblangan ajoyib futbolchi Ilhom Abdug‘aniev bilan amaldagi shartnoma shu yilning oxirigacha mo‘ljallangandi. Yangi shartnomaga ko‘ra esa uning amal qilish muddati endi 2025 yil oxiriga qadar o‘z kuchida bo‘ladi.

Abdug‘aniev o‘tgan mavsumda 24 ta uchrashuvda maydonga tushganini yodga olish darkor.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!