
"Andijon" futbolchisi Ukrainaga qarshi o‘yinda 90 daqiqa harakat qildi
Kecha jahon chempionati Evropa mintaqasi saralash bosqichida Qozog‘iston terma jamoasi Ukraina bilan o‘yinda 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.
Ushbu uchrashuvda «Andijon» jamoasi futbolchisi Vladislav Vasilev 90 daqiqa harakat qildi va 90-daqiqada zaxiraga olindi. U uchrashuvning 43-daqiqasida hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston terma jamoasi saralashning «D» guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda Frantsiya terma jamoasi 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar