"Andijon" ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 09.12.2024 19:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Andijon" klubi yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish jarayonida selektsiya ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Avvalo, shuni aytishimiz lozimki, darvozabon Eldor Adhamov hamda yarim himoyachi Sardor Azimov bilan shartnomalar uzaytirildi.

Ma’lumki, 28 yoshli iste’dod egasi hisoblangan Eldor Adhamov 2020 yildan beri “Andijon” sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 2021 yilni qo‘qonliklar safida boshlagach, yarim yildan keyin yana "Andijon"ga qaytgan va shundan buyon “Burgutlar” a’zosi bo‘lib kelmoqda.

U joriy yilda 16 o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta quruq o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, Adhamov bu mavsumda deyarli 50 ta seyvni amalga oshirdi.

29 yoshli Sardor Azimov 2023 yildan beri “Andijon”da faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yarim himoyachi ushbu mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni amalga oshirdi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!