"Andijon" klubi bosh direktori: "Ilk turdayoq shunday o'yin ko'rsatish - katta ishonch bag'ishlaydi"

  • 01.03.2026 12:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda "Andijon" klubiga yangi bosh direktor etib tayinlangan Ziyodbek Mashrapov uchun ham debut oʻyin unutilmas boʻldi. 

"Soʻgʻdiyona" ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba — yangi davrga kuchli start!

Ziyodbek Shuhratovich klub matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni bildirdi. 

Oʻyin toʻgʻrisida

“Avvalo, barcha muxlislarimizni, fan-klubni ushbu ishonchli gʻalaba bilan tabriklayman. 4:0 — bu shunchaki hisob emas, bu jamoamizning mehnati, intizomi va maydondagi xarakteri samarasidir. Har ikki boʻlimda ham tashabbusni qoʻldan boy bermadik. Ilk turdayoq shunday oʻyin koʻrsatish — katta ishonch bagʻishlaydi. Men futbolchilarimizga, murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman”. 

Eʼtibor va masʼuliyat hususida

“Andijon klubi viloyatimiz rahbarlari tomonidan doimo eʼtibor markazida boʻlgan jamoa. Yangi rahbar sifatida men bu masʼuliyatni chuqur his qilaman. Har bir gʻalaba — bu faqat maydonda emas, klub ichidagi toʻgʻri tizim, ishonch va birdamlik natijasi. Biz mavsum davomida barqarorlikni saqlashga harakat qilamiz.”

Stadiondagi muhit haqida

“Bobur Arena"dagi muhitni soʻz bilan taʼriflash qiyin. Fan-klub, Muxlislarimiz — haqiqiy 12-oʻyinchi. Ularning qoʻllab-quvvatlashi futbolchilarga qoʻshimcha kuch bagʻishladi. Shunday muhitda gʻalaba qozonish ikki karra yoqimli.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!