"Andijon" klubi muxlislari uchun xushxabar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Andijon" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi klub sobiq futbolchisi Ibrohim Otaxonovning faoliyatini qayta tiklaganini ma’lum qildi:

"Faoliyatini «Andijon» jamoasiga bag‘ishlagan Ibrohim Otaxonov yana jamoamiz bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Futbolchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlagan Ibrohim Otaxonov yana futbolga qaytishga qaror qildi. U 2021 yilgi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Umid qilamizki, Otaxonovning tajribasi yosh futbolchilarimizga kuch va g‘ayrat bo‘lib xizmat qiladi", - deya xabar beradi rasmiy sahifa. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!