"Andijon" ko‘plab muxlislarni o‘ylantirayotgan savolga javob berdi

  • 07.08.2021 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugungi kunda butun dunyodagi kuzatilayotgan pandemiya holati sababli, Respublika maxsus komissiyasining 77-sonli yig‘ilish bayoniga asosan yurtimizda sport turlari bo‘yicha musobaqalar muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan. Shu bois, hozirgi kunda Superliganing ikkinchi davra o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazib kelinmoqda.

"Andijon" klubi bu yilgi pandemiya sababli e’lon qilingan cheklovlarni inobatga olgan holda, muxlislar tomonidan 2021 yil uchun sotib olingan mavsumiy chipta(abonement)larni 2022 yilgi Superliga o‘yinlari uchun (uy uchrashuvlari) chiqadigan mavsumiy chiptalarga almashtirib berilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, "Andijon" 13 turdan so‘ng Superliga musobaqa jadvalida 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!