"Andijon" Kristian Novak bilan shartnoma imzoladi

  • 13 iyul, 02:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Selektsiya ishlarini faol olib borayotgan “Andijon” o‘z safini polshalik legioner Kristian Novak bilan to‘ldirdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Novak 1994 yilning 1 aprel kuni Polshada tavallud topgan. U markaziy himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi.

Novak faoliyati davomida “Lodz” (Polsha), “Turek” (Polsha), “Vidzev Lodz” (Polsha), “Podbeskidze” (Polsha), “Midlotian” (Shotlandiya), “Panionis” (Gretsiya), “Slaven” (Xorvatiya), “Kluj” (Ruminiya), “Bogemian” (Irlandiya) va “Jenis” (Qozog‘iston) klublarida to‘p surgan.

Kristian Novak bunga qadar “Jenis” tarkibida bir yarim yil faoliyat olib borgan holda u erda 40 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Polshalik legioner bilan 1,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!