"Andijon" legioneri Rubin Xebayning xet-trik qayd etgani Albaniya matbuotida bong urilmoqda

  • 26 aprel, 2023, 16:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston chempionatida joriy chempionatda ilk albaniyalik legioner sifatida faoliyatini boshlagan hujumchi Rubin Xebay “Andijon” jamoasidagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Superliganing 7-turida “Burgutlar” Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib, javobsiz 5 ta gol urgan holda yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Ushbu bellashuv albaniyalik legionerga ataldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Xebay yangi klubidagi debyut golini urishdan tashqari, o‘zining xet-trigini ham amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, uning 9-daqiqadayoq dubl qayd etgani va o‘yinni jamoasi kabi o‘ta shiddatli boshlagani barchaning e’tiborini tortdi.

Ayniqsa, Rubin Xebayning “Andijon” safida xet-trikka erishgani Albaniya matbuotida ham aks-sado keltirib chiqardi. Jumladan, qator alban nashrlari Rubinning “Burgutlar” safida uchta gol urgani va buning evaziga “Andijon”ning 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini yozib chiqdilar. Ulardan biri, “VeriuSport” quyidagi mazmunda xabar yozdi:

xebay8 

“Xebay O‘zbekistonda ham o‘zining xet-trigini davom ettiryapti”

“Yanvar oyida shkodralik  O‘zbekiston chempionatiga transfer qilingan Rubin Xebay o‘zining yangi jamoasi - “Andijon”dagi katta yurishini amalga oshirdi.

Hujumchi “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa ichida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va uning jamoasi ushbu xet-trik tufayli 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

Xebay uchrashuvda gollar shousini ochib bergan dastlabki ikkita golning muallifiga aylandi va jamoasining to‘rtinchi golini 83-daqiqada raqib darvozasiga kiritdi.

Ushbu g‘alaba orqali “Andijon” 9 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasiga joylashdi”, - deyiladi Xebayga taalluqli xabarda.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азиллохон
26/04/2023 18:21
Андижонни иккита ғалабали ўйинини хорам хўр судялар тортиб олганди бу сафар судялар хам ип эша олмай қолди бази бир Андижонни ўсишини кўра олмаган одамлар яна бир иккита гинидалик қилиб мақола тайёрлабди