"Andijon" O‘zbekiston chempionatini qanday natijalar bilan boshlagan?

  • 3 mart, 2024, 00:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston 33-milliy chempionati ham start oldi. Bugun “Andijon” Olmaliqda OKMKga qarshi uchrashuv orqali joriy yilgi mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi.

E’tiboringizga “Andijon”ni 1992 yildan beri milliy chempionatimiz tarixida 1-turni qanday natija bilan boshlagani haqidagi statistik ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etamiz. Bu albatta muxlislarimiz uchun qiziqarli.

Masalan, OKMKga qarshi bu chempionatlarimiz mobaynida birinchi turdagi ilk o‘yinimiz emas. 2010 yili Andijonda “Olmaliq” jamoasini qabul qilib 3:2 hisobida g‘alaba qozonganmiz. O‘shanda Amet Memet bosh murabbiyligidagi “Andijon” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Keyinchalik raqib 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirgan. Lekin oxirgi daqiqalarda Sherzod Rayimjonovning jarima zarbasidan keyin “Olmaliq” posboni Yuriy Xrienko to‘pni qaytardi va qaytgan to‘pni Rasul Rahmonov darvoza to‘riga joylab yakuniy hisobni o‘rnatgan – 3:2.

Shuningdek, “Andijon” milliy chempionatimizni ketma-ket uch marta Buxoroning “Nurafshon” klubiga qarshi o‘yinlar bilan boshlagan. U paytlarda “Andijon” “Navro‘z” nomi bilan atalgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” besh marta quyi ligada ishtirok etgan va ro‘yxatda asosan Superliga (oldin oliy liga deb nomlangan)dagi o‘yinlar keltirilgan.  

1992 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” - 2:2

1993 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 2:1

1994 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 4:1

1995 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Navro‘z” – 2:0

1996 yil. 1-tur. “Kosonsoy” – “Navro‘z” – 0:1

1997 yil. 1-tur. “Chilonzor” – “Andijon” – 0:1

1998 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” –“Andijon” – 1:0

1999 yil. 1-tur. “Andijon” – “So‘g‘diyona” – 1:2

2000 yil. 1-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 2:2

2001 yil. 1-tur. “Turon” – “Andijon” – 2:1

2002 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 2:1

2003 yil. 1-tur. “Andijon” – “Do‘stlik” – 1:1

2004 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:1

2006 yil. 1-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 0:0

2007 yil. 1-tur. “Andijon” – “Sho‘rtan” – 1:0

2008 yil. 1-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 2:0

2009 yil. 1-tur. “Andijon” – “Lokomotiv” – 0:1

2010 yil. 1-tur. “Andijon” – “Olmaliq” – 3:2

2011 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 2:0

2012 yil. 1-tur. “Metallurg” – “Andijon” – 1:1

2014 yil. 1-tur. “Andijon” – “Paxtakor” – 0:1

2015 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 3:1

2016 yil. 1-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 2:1

2019 yil. 1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:1

2020 yil. 1-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” – 2:1

2021 yil. 1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:0

2023 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 0:1

"Andijon" chempionatni 6 marotaba g‘alaba bilan boshlagan. O‘tgan yili dastlabki turni Qarshida “Nasaf” maydonida o‘tkazib yagona gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritgan. 

“Andijon” matubot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!