
"Andijon-SGS" 3 futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
"Andijon-SGS" jamoasi 1-davradan so‘ng bir qator futbolchilar bilan shartnomani bekor qildi.
Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, mavsumning birinchi davrasida andijonliklar safida harakat qilgan Shahboz Jumaboev, Abubakir Mo‘ydinov, Yursinali Topvoldiev rasman jamoani tark etdi. Ushbu o‘yinchilar va klub o‘rtasidagi shartnomalar ikki tomonlama bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, Pro liga joriy mavsumida Topvoldiev beshta, Mo‘ydinov hamda Jumaboev ikkitadan o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar