
"Andijon" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Toshkentda ochko qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Andijon" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.
Dastlab, Abduxoliqov ikkinchi bo‘lim boshida hisobni ochgan bo‘lsa, Farhod Sobirjonov muvozanatni tikladi. Aziz Amonovning goliga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida Pavel Zabelin javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib, "temiryo‘lchilar" ochkolari sonini 33 taga etkazib oldi. "Burgutlar" hisobida 17 ochko mavjud.
Fikrlar