“Andijon” va “Navbahor” o‘rtasidagi derbi boshqa o‘yinlardan katta farq bilan oldinda

  • 25 sentabr, 2023, 23:18
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

22-24 sentyabr kunlari Superligada 19-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.

19-turda ikkita o‘yin o‘tkazilmadi. Olimpiya terma jamoamiz Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida qatnashayotgani uchun “Olimpik”ning o‘yini 10 noyabrga qoldirildi. “Turon” - “Neftchi” o‘rtasidagi Farg‘ona viloyati derbisi Qozondagi tadbir tufayli 9 noyabrga surildi.

17

FIFA kunlari va Osiyo Chempionlar ligasida qatnashgan futbolchilari bor klublar salbiy natijalar qayd etdi. “Navbahor” vodiy derbisida “Andijon”ga oxirgi daqiqalarda imkoniyatni boy berdi. “Nasaf” kutilmaganda “Bunyodkor”dan engildi. “Paxtakor” penalti evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

“Surxon” ko‘p dam olib yubordi shekilli, ochko ko‘proq zarur bo‘lgan “Qizilqum” 3 ochkoni ilib ketdi. “Metallurg” esa Toshkent viloyati qarama-qarshiligida yana OKMKni dog‘da qoldirdi.

IMG_0186

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

19-turda stadionlarimizga jami 25756 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 5151ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Andijonda. “Andijon” - “Navbahor” o‘rtasidagi o‘yinni 15231 tomoshabin arenadan kuzatdi. Bu o‘yinning ahamiyati ancha yuqori edi. Chunki Andijonga yaqindagina shov-shuv ko‘targan “Navbahor” kelgandi. Shu bois stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi.

“Nasaf” - “Bunyodkor” o‘rtasidagi turning markaziy uchrashuvlaridan biriga 4905 ishqiboz tashrif buyurdi. Jamoalarning o‘zaro hisob-kitobi bor edi. Ammo yakunda “qaldirg‘ochlar” payt poylab oxirgi daqiqalarga yaqin gol urib, ortga g‘alaba bilan qaytishni uddaladi. Vaholanki, Ro‘ziqul Berdiev jamoasi OChLdagi g‘alabadan yaxshi kayfiyatda ekani sabab uchrashuvni ijobiy natija bilan yakunlashi kutilgandi. Biroq…

photo_2022-08-12_21-55-02

Ko‘plab qiziqish va voqealarga sabab bo‘lgan “So‘g‘diyona” - “Paxtakor” bellashuvini 2594 ishqiboz kuzatdi xolos. Ivan Boshkovich yaxshi jamoa shakllantirayotgan bir pallada unga muxlislar tomonidan javob ham bo‘lishi kerak, nazarimizda.

Eng kam tomoshabin poytaxtda. Toshkentning “o‘gay” klubi “Surxon”ning “Qizilqum”ga qarshi uchrashuviga 681 kishi stadionga keldi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Andijon” - “Navbahor” 2:1. 15231

“Nasaf” - “Bunyodkor” 0:1. 4905

“So‘g‘diyona” - “Paxtakor” 1:1. 2594

OKMK - “Metallurg” 2:4. 2345

“Surxon” - “Qizilqum” 1:2. 681 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
26/09/2023 08:40
Андижон га омад