
Andijonda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan marafon o‘tkazildi (foto)
Bugun Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamda tuman bolalar o‘smirlar sport maktabi hamkorligida marafon bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tumandagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir yakunida g‘oliblarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar