Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Andijonda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U-21 yoshlar (qizlar) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot institutida U-21 yoshlar (qizlar) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan, eng iqtidorli voleybolchi qizlar ishtirok etib, chempionlik uchun murosasiz kurash olib bormoqda. 

Musobaqa yosh sportchilarga tajriba orttirish, mahoratini yanada oshirish hamda milliy terma jamoa uchun munosib nomzodlarni saralash imkonini beradi.

Bellashuvlar joriy yilning 17-noyabr kuniga qadar davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q