"Andijon"dan yirik g‘alaba, yana bir futbolchi esa jamoadan ketdi

  • 12.08.2020 07:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangierda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan “Andijon” jamoasi pro-liga vakili “Zomin”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Mazkur o‘yinda andijonliklar 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Doniyor Abdumannopov, Jamshid Hasanov, Baxtiyor Qosimov, Shahboz Jumaboev, Azamat Isroilov, Abdulloh Olimov va Emmanuel Arivachukvu mualliflik qildi.

Hozircha “Andijon”ga yangi futbolchi qo‘shilgani yo‘q. Ammo yo‘qotishlar bor. Misol uchun yaqinda yarim himoyachi Jahongir Abdumo‘minovning klubdan ketganini ma’lum qilgandik. Endi bo‘lsa, oxirgi paytlarda ishonchli o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozonayotgan darvozabon Islom Abdullaev ham “Andijon” bilan xayrlashdi. U yana “Qo‘qon-1912”ga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!