Asosiy mazmunga oʻtish

"Andijon"ga xorijlik jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy keldi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Samvel Babayanning murabbiylar shtabi yana kengaydi.

"Andijon" klubi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi. Endilikda serbiyalik tajribali mutaxassis Branko Chirich jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ish boshladi. 

U 1983 yilning 21 may sanasida tavallud topgan. Chirichning oxirgi klubi Qozog‘istonning "Astana" klubi hisoblanadi. Shuningdek, Vozhdovac (Serbiya), Aktau (Qozog‘iston), Radnichki (Serbiya), Chukarikchi (Serbiya) kabi klublarda ham jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlagan.

"Astana" bilan mamlakat chempioni va Kubogigi qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Yevropa ligasi hamda konferentsiyalar ligasida ham qatnashgan. 

Chirich tajribali mutaxassis bo‘lib, u endilikda "Andijon" futbolchilarining jismoniy holatini yanada yaxshilab boradi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q