"Andijon"ga yutqazgan "Shaxtyor" endi "Navbahor"ga ham engildi

  • 21 fevral, 23:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun "Navbahor” Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat bahsini Qozog‘istonning “Shaxtyor” (Qarag‘anda) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda namanganliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.  

Golga 1-bo‘limning to‘xtalishlar uchun hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalari davom etayotgan paytda tajribali hujumchi Zabihillo O‘rinboev qozog‘istonliklar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan holda, mualliflik qildi. 

"Navbahor" tarkibi: Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Mirzohid G‘ofurov, Sergey Karpovich, Gilermo Gedesh, Azimjon Ahmedov, Benjamin Teydi, Ruslanbek Jiyanov, Javohir Abdujabborov, Alisher Odilov, Zabihillo O‘rinboev. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Ergashev, Shahzod Toirov,  Shahzodbek Ubaydullaev, Sherzod G‘ulomjonov, Igor Gabriel, Abbosjon G‘ulomov, Komiljon Tojiddinov.

Yodingizda bo‘lsa, "Shaxtyor" bundan oldin Antaliyada "Andijon" bilan ham kuch sinashgan bo‘lib, unda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!