"Andijon"ni tark etgan legioner o‘ziga Albaniyadan jamoa topdi
Yaqinda “Andijon” jamoasi bilan xayrlashgan sloveniyalik legioner Altin Kreziu tezda o‘ziga yangi jamoa topdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli tayanch yarim himoyachisi Albaniya Superligasining “Egnatia” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Kreziu “Andijon”ga kelishidan avval Albaniya chempionatida “Lachi” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Futbolchi “Andijon” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar