"Andijon"ning 2025 yildagi statistikasi qanday bo‘ldi?
Yakuniga yetgan mavsumda “Andijon” klubi rasmiy uchrashuvlarda jami 40 ta o‘yin o‘tkazdi. Bunda Superliga, Superkubok, O‘zbekiston Kubogi va OCHL 2 musobaqalarini o‘z ichiga oladi. Yil davomida esa “Andijon” sharafini 38 nafar o‘yinchi himoya qildi.
40 ta uchrashuvda 42 ta gol urildi. Eng ko‘p gol urgan futbolchi Doniyor Abdumannopovga tegishli bo‘lib, u o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ydi. Usmonali Ismonaliev va Damir Temirov esa 5 tadan gol muallifiga aylandilar. Eng ko‘p gol urish bo‘yicha kuchli uchlikni Bektemir Abdumannonov yakunladi. U 4 ta gol urdi.

Statistika bo‘yicha aynan Bektemirni ko‘rsatkichlari eng yaxshisi bo‘ldi. Abdumannonov barcha - 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Maydonda eng ko‘p daqiqa o‘tkazdi - 2745. 4 goldan tashqari, eng ko‘p assistni bajardi - 8 ta.
Shuningdek, ushbu mavsumda Mo‘hir Komilov, Shohjahon Yorqinboev, Asad Habibullaev, Bekzod Sulaymonov, Abbos Abdugafforov, Miraziz Maxamadaliev, Abdurahmon Abdullaev Superligada debutlarini o‘tkazdilar.
Bundan tashqari, umumiy hisobda 35 ta assist kuzatildi. Futbolchilarga 69 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi.
Fikrlar