"Andijon"ning Antalya yig‘ini tugadi. Bugun so‘nggi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi
7 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini boshlagan "Andijon" jamoasining u yerdagi yig‘ini o‘z yakuniga yetdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvi Rossiya premier-ligasi ishtirokchisi - “Dinamo Maxachkala” klubiga qarshi o‘tkazildi. Qiziqarli o‘tgan o‘yin 1:2 hisobida Rossiya premier ligasi jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. “Andijon”dan Mahmud Maxamadjonov gol muallifi bo‘ldi va uning kiritgan goli shunchaki super ko‘rinishda bo‘ldi.
Rejaga ko‘ra, “Burgutlar” Antaliya yig‘ini rejalashtirgan barcha 10 ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi va endi 18 fevral kuni yurtimizga qaytadi.
Fikrlar