"Andijon"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 3 oktabr, 2022, 19:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Har oyning eng yaxshi futbolchisi nomini aniqlab, unga maxsus sovg‘a topshirish marosimi jamoamiz tomonidan alohida an’ana tusiga kirgan.

Tecno

Sentyabr oyidagi har bir uchrashuvdan so‘ng klub rasmiy telegram kanali orqali muxlislar o‘rtasida eng yaxshi futbolchiga ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.

Umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha “Andijon”ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida bu safar Suhrob Berdiev tengsiz deb topildi. U yakuniga etgan oyda muxlislar tomonidan 1639 ovozga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, Berdiev safarda “Mash’al” hamda “Buxoro” klublariga qarshi o‘ta muhim bellashuvlarda gollar urib jamoamizning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

suxrob_1

Berdievdan keyingi o‘rin darvozabon Eldor Adhamovga nasib qildi. U 1014 ta ovoz to‘pladi. Uchinchi o‘rin Shahboz Erkinovga tegishli bo‘ldi. Hujumchi 968 ovoz oldi. Qizig‘i, Farhod Sohibjonov undan bitta ovoz kam to‘pladi – 967 ta. Kuchli beshtalikni chernogoriyalik legioner Goron Miloyko yakunlab berdi. Uning hisobida 889 ta ovoz mavjud.

Bugungi mashg‘ulotdan oldin jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga atalgan maxsus statuetkani o‘z egasi – Suhrob Berdievga topshirdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
салахидин
03/10/2022 20:33
Андижондан бошка тема йукми
&
Bek 56
03/10/2022 20:25
Жуда яхши Сухробга ишларига ривож тилаймен