
"Andijon"ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi. Klub qanday natijalarni qayd etdi?
“Andijon” klubining yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini nihoyasiga etdi. Barcha ishlar o‘ylangan reja asosida amalga oshirildi. Tayyorgarlik jarayoni ikki bosqichda olib borildi. Dastlab 5-15 iyul kunlari Dukentda shug‘ullanishdi. Keyingi yig‘in Toshkentda 18-30 iyul oralig‘ida o‘tkazildi.
Jamoamiz hammasi bo‘lib 5 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu orqali murabbiylar shtabi futbolchilarning o‘yin amaliyotini oshirish hamda ularni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni bajardilar.
Endi jamoamiz a’zolari 1 avgust sanasida o‘z qarorgohimizda to‘planib, 5 avgust kuni pro liga 14-tur doirasida Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan rasmiy bahsga tayyorgarlik ko‘radilar.
Jamoamizning yozgi yig‘indagi barcha o‘rtoqlik o‘yinlari
11 iyul
AGMK – “Andijon” – 2:1
Gollar: Xurshid G‘iyosov (penalti), Zafar Polvonov – Malikshoh Rasulov.
20 iyul
“Metallurg” – “Andijon” – 4:1
Gollar: Bektemir Abdumannopov, Farhod Bekmurodov, Zabihillo O‘rinboev, Jasur Xolto‘raev – Shahboz Erkinov.
24 iyul
“Andijon” – “Qizilqum” – 3:2
Gollar: Vladimir Bubanch (penalti), Shahboz Erkinov (ikkita) – Gonsalo Gabriel (penalti), Orifxo‘ja Abduholiqov.
28 iyul
O‘zbekiston U-20 – “Andijon” – 2:1
Gollar: Aziz Xolmurodov, Abbos Fayzullaev – Malikshoh Rasulov.
29 iyul
“Andijon” – “Istiqlol” – 3:0
Gollar: Bogdan Milich, Goron Miloyko, Malikshoh Rasulov.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar