
Andre Ayyu Odil Ahmedovning jamoadoshiga aylanishi kutilmoqda
Angliya chempionshipida faoliyat olib borayotgan Andre Ayyuni Xitoyda kutishmoqda. Bu haqda Mercato365 xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Aston Villa” klubi hujumchisi Andre Ayyu karerasini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. Forvartning xizmatiga Odil Ahmedov to‘p tepayotgan “Shanxay SIPG” ehtiyoj sezmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shanxayliklar bir necha kun oldin portugaliyalik himoyachi Rikardo Karvalo bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar