Andrey Fyodorov Moskvaning "Lokomotiv" klubida ish boshladi (Foto)
Toshkentning "Lokomotiv" klubi sobiq ustozi Andrey Fyodorov Moskvaning "Lokomotiv"ida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Fyodorov "Lokomotiv"da katta selektsioner murabbiy lavozimiga tayinlangan.
- Men ko‘p yillar davomida "Rubin" klubida selektsiya ishlari bilan shug‘ullanganman va yana shunday lavozimga qaytganimdan xursandman. Meni katta klub taklif qilganidan mamnunman. Biz "Lokomotiv"ning rivojlanishi va doim etakchilar qatorida bo‘lishi uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Oxirgi ish joyim ham "Lokomotiv" (Toshkent) edi. Shahar o‘zgargan, ammo jamoaning nomi o‘sha-o‘sha. Men "temiryo‘lchi" bo‘lib qoldim va bu ramziy ma’noga ega. "Lokomotiv"da kelajakda asosiy tarkibni kuchaytira oladigan yoshlar etarli. Shuning uchun akademiya bilan yaqindan aloqada bo‘lish lozim, - dedi Andrey Fyodorov.




Fikrlar