Andrey Kanchelskis: Asabiy o‘yin bo‘ldi

  • 20 may, 2019, 01:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Coca-Cola Superliganing 9-turida “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi.

Tecno

O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biroz asabiy o‘yin bo‘ldi. Agar birinchi bo‘lib raqib darvozasini ishg‘ol eta olganimizda, g‘alaba qozonar edik. Futbolni raqqosalar o‘ynamaydi. Har bir vaziyatda yiqlib, maydonda yotib olinishini aslo oqlamayman. Bu o‘yin tempini tushuradi va o‘yin jozibasini butunlay yo‘qotadi. Bugun tez yordam vakillari ko‘magi kerak bo‘ladigan vaziyat umuman bo‘lgani yo‘q. Lekin ko‘plab vaziyatlarda o‘yinchilar oddiy holatlarda ham maydonga cho‘zilib olishdi. Agar biz raqib darvozasini birinchi bo‘lib ishg‘ol etganimizda, aminmanki, butunlay boshqacha o‘yin ketardi. G‘alaba qozona olmadik – o‘zimiz aybdormiz. Bugun 2 ochkoni yo‘qotdik. Lekin o‘z shogirdlarimdan maydonda ha deb yotib olavermaganliklari uchun mamnunman. Shu boisdan ham ularni hurmat qilaman”, - deydi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Юксак марралар сари
20/05/2019 15:00
Ушандай хакамлари пфл уфалари бор Пахтакор хам янги тренер бн 3 йил деганда шундаям хар уйинда пенальтилар бн натижа килишни бошлади бизни тренер 1 йил хам ишламай мазмунли уйин курсатаяптику очко йукотиши бн нолимасдан хунасага ухшаб Илхомлайвермасдан Навбахор десанглар хаммаси яхши булиб кетади
Ilhomjon Abdurahmanov
20/05/2019 13:33
Кучлик босим остида ўйнаш осон эмас Канчелскис бўш келманг ишлашда давом этинг зинагаям аста аста чиқилади қанчалик машаққат билан ғалабага эришилса шунчалик мазалик тотлик бўлади
&
Bekzod Sotvoldiyev
20/05/2019 12:50
Mag‘lubiyatga teng durang bo‘ldi. Hudo hohlasa bundan keyin hammasi yahshi bo‘ladi navbahor muhlislaring sen bilan!!!
&
Sardor sharofiddinov
20/05/2019 18:09
Salom hammaga admin iltimos navbahor haqida kuproq yangilik ciqarib turinglar man cempionat.uzga kiriwni tuhtattim uji va kirmayman
&
Navbahor muhhlisi
20/05/2019 16:55
Xali xammasi oldinda 2 davra navbahor o'z ornini topada
&
Azmun92
20/05/2019 22:11
Biz asl muxlislar navbaxorni xar qanday sharoitda xam yolgizlatib qoymaymiz albatta xali xammasi oldinda durang bu fojea emas
&
Gaffarov Muzaffar
22/05/2019 15:42
Eng asosiysi xalol futbol bo'lyapti Andrey bobo. Xalol futbol bor joyda- o'z maydonida durrang xam boladi mag'lubiyatxam boladi, g'alabaxam bo'ladi eng asosiysi safardaxam ochkolar olyapmiz. Navbaxor gazini bos xudo xoxlasa xali xammasi oldinda eng asosiysi o'yin bor bey bigi futbol emas.