Andrey Kanchelskis: Birinchi taymda "Bunyodkor"ga "fora" berdik. Lekin...

  • 8 iyul, 2020, 00:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliganing 8-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Navbahor» (3:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Avvalo «Bunyodkor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Birinchi bo‘limda raqibga «fora» berdik – 2:0. Safarda yana «Bunyodkor»dek raqibga bunday «fora» berish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Ikkinchi bo‘limda boshqacharoq o‘ynadik, gol ham urdik, lekin ikkita goldan keyin vaziyatni o‘zgartirish oson emas edi. Shunda ham yomon harakat qilmadik. Hisobni tenglashtirish uchun hujumga o‘tgandik, uchinchi golni o‘tkazib yubordik.

Keyingi uchrashuvlarda tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Ayrim futbolchilar hammasi joyida degan fikrga borib qolishgan. Futbolda har uchrashuvda zo‘rligingni isbotlashing kerak. Hatto Mess iva Ronaldu ham har o‘yinda zo‘rligini isbotlashi lozim va shunga harakat qilishadi. E’tibor bergan bo‘lsanglar ikkinchi bo‘limni uch nafar o‘zgarish bilan boshladik. Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinimizni kuchaytira oldi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Hisob 2:1 bo‘lib turganida Ruslan Bolov gol urganida vaziyat boshqacha bo‘lardi, aksincha biz ozgina bo‘shashgandik, mezbonlar uchinchi golni urishdi, - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!