Andrey Kanchelskis "Mash’al"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 23 avgust, 2020, 09:15
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Soca Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “lochinlar” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Avvalo, “Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar. Mazkur o‘yin ikki xil bo‘limdan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda shogirdlarim yaxshi o‘yin namoyish eta olmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikdagi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorlik bildiraman. Yigitlar xavfli vaziyatlarga ega bo‘ldi. Hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Ammo biroz omadimiz kelmadi. Nimayam derdim, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda, bu safar yaxshiroq maydon va o‘yinni qulay vaqtga belgilab berishgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, bugun maydonga tushgan shogirdlarimga ham rahmat. Yigitlarga ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun e’tirozim yo‘q. Birinchi bo‘limdagi o‘yinni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, endi keyingi turdagi AGMKga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugungi o‘yinda “Navbahor”ga g‘alaba qozonish uchun nima etishmadi?

- Gollar etishmadi. Albatta, tarkibimizda yo‘qotishlar mavjud. Bir qancha futbolchilarda kasallik simptomlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa o‘yinchilar ham bor hamda ular ham maydonga tushib o‘ynashlari kerak. Afsuski, koronavirus bizniyam chetlab o‘tgani yo‘q.

Bugungi o‘yinni tahlil qilamiz, gaplashamiz. Ushbu uchrashuvda biz mag‘lubiyatga uchradik, raqib esa g‘alaba qozondi. “Mash’al”ni yana bir marta yutuq bilan tabriklayman.

- “Navbahor” murabbiylar shtabida ish boshlagan No‘’mon Hasanovning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘ladi?

- No‘’mon Hasanov “Navbahor”da tashkiliy ishlar va mashg‘ulot jarayonida menga yordam beradi. Ayni paytda yordamchi murabbiy karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti. Shu bois, No‘’mon Hasanov menga yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Real M.Nasaf.Mash'al
23/08/2020 12:02
Mash'al xaqli g'alabaga erishdi .
Paxtakor b.n adashtirmang yoki tenglashtirmang mash'alni .
&
Fcnavbaxor
23/08/2020 11:05
Shaxsiy fikr bidirsam Navbaxorni har bir oyinini kuztaman karantindan oldin stadionda har bir oyinga tushganman yoki tv da korganman kechagi oyinni tekshiringlar qayta korilar lekin oyin yo sotilgan yo boshqa masala bor chunki bollar umuman oynamadi oynashni holamadi oynay olmadi emas Ruslan Bolov taym ohirida oyogini chozib qoysa boldi edi u topga hatto intilmadi boshqa vaziyatlar ham menimcha galabaga ishtiyoq yoli kozi yonib turgan bollar umuman yo edi bu albatda shunchaki fikir
&
УФА ва ПФЛ учун коронавирус
23/08/2020 14:42
Navbahorda uyin, taktika bor,Kanchelskis imzosi bilinib turibdi.
Lekin erta indin Odil Ahmedov faoliyatini tugatib keladi, agar zor uynab tursa Konchelskis hech kayerga ketmaydi. Azim esa okasiga joy tayyorlayapdi. Bollar atayin uynamasdan Konchelskisni ketkazmoqchi.
Navbahor uyinida ancha uzgarish bor. Oldinlari umuman taktika bulmagan, fakat aut, jarima, ofsayt bilan uyin utib ketardi. Qisqasi nomardlik bulyapdi.
Рашид Хожаханов
23/08/2020 09:47
Канчелскис хар доим бахона топасан хамма айб узингда эплолмадинг мард бул тан ол кет навбахордан сенгамас