
Andrey Kanchelskis vodiyning boshqa jamoasini boshqarishi kutilmoqda
Kuni kucha Namanganning "Navbahor" klubi rahbariyati Andrey Kanchelskisni o‘z lavozimidan ozod etdi. Ushbu kutilmagan o‘zgarishdan so‘ng "lochinlar"ga yangi murabbiy izlash ishlari boshlab yuborildi.
O‘z navbatida, rossiyalik murabbiy yurtimizda faoliyatini davom ettiradigan ko‘rinadi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, uning xizmatlariga vodiyning boshqa bir jamoasi "Qo‘qon-1912" klubi qiziqish bildirmoqda.
Bilasiz, "Qo‘qon-1912" klubida No‘mon Hasanov bir necha tur avval iste’foga chiqqandi. Ayni paytda jamoani vaqtincha Aziz To‘xtaboev boshqarib bormoqda. Qo‘qonliklar rahbariyati Kanchelskisni jamoaga olib kelishga harakat qilishmoqda.
Fikrlar
Kanchelskiskiga zor bolasizlar bunaqasi qaytib kelmaydi