Andrey Lunin: "Biz murabbiyga to‘liq ishonamiz"

  • 18.12.2025 10:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" jamoasi Ispaniya kubogi doirasida "Talavera" bilan bahs olib bordi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa darvozaboni Andrey Lunin bosh murabbiy Xabi Alonso haqidagi savollarga javob berdi.

So‘nggi daqiqalardagi seyvim Xabini ishdan bo‘shatishdan saqlab qoldimi?

"Menimcha, bunday emas - men shunchaki o‘z ishimni qilyapman. Biz murabbiyga to‘liq ishonamiz, unga shubham yo‘q. Alonso klub afsonasi, u juda katta hurmatga sazovor. Biz shunchaki uning g‘oyalari va o‘yin uslubiga ko‘nikishimiz kerak", - deya 26 yoshli darvozabonning so‘zlarini keltiradi "Madrid Zone".

Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvni La Liga doirasida "Sevilya" bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!