Andrey Miklyaev: Bugun raqibga imkon berganimiz yo‘q

  • 07.04.2019 22:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugun Superliganing 3-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qayd etilgan natija hamda jamoamiz ko‘rsatgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Yigitlar o‘yin oldidan bergan ko‘rsatmalarni deyarli to‘la ado etishdi. Asosan qarshi hujumlarga tayangan holda o‘yin olib bordik. Jizzax jamoasining asosan uzun va qisqa paslar orqali o‘ynashini bilar edik. Bugun biz raqibga o‘z darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirish imkonini berganimiz yo‘q”, - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi PFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
elmieltin7
08/04/2019 18:43
Surxon sugdiana jamoasini boshqaragan hakam haqqoniy lekin paxtakor nasaf uchrashuvidagi hakam esa maydonni bulgadi