
Andrey Miklyaev: O‘yinga sharh bermayman. Savollar bo‘lsa marhamat
Bugun OChL-2018 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al Duxayl” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “temiryo‘lchilar” o‘z uylarida ham Qatar klubiga imkoniyatni boy berishdi – 1:2.
Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yinga sharh bermayman. Savollar bo‘lsa marhamat.
“Lokomotiv”ga nima bo‘ldi?
- Oxirgi 3 mag‘lubiyatning ikkitasi shu jamoadan qabul qilib olindi. Mahorat va jismoniy tomondan qatarliklardan ortda qoldik. Teorik tomondan imkoniyatimiz bor. Muhammadiev o‘zini almashtirishni so‘radi va u maydonni tark etdi. Natijada ikkita xato qildik. Yutgan ham jamoa, yutqizgan ham jamoa.
Nega ikkinchi bo‘limda ham hujumkor o‘yin namoyish etilmadi?
- Chunki butun uchrashuv davomida hujumkor o‘yin namoyish etib bo‘lmaydi.
Fikrlar