Andrey Shipilov: Balki bizning futbolchilar issiqda o‘ynashi kerakdir

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superligasi 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Metallurg" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Unda bekobodliklar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Metallurg" jamoasi murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Tanaffusdan keyingi o‘tkazgan ikkita o‘yinimizni tushuna olmayapman. 1-bo‘lim va 2-chisi o‘rtasida farq yuzaga kelmoqda. Futbolchilarda professionallik, xarakter, umuman o‘yinni ko‘rmayapman. Jamoada lider yo‘q.

Biror narsa deyish mushkul. Barcha jamoalar o‘zi uchun harakat qilmoqda. Kimdir chiroyli o‘yin uchun, kimdir shunchaki o‘ynayapti. Ammo bizda unday emas. Balki futbolchilarim issiqda o‘ynashi kerakdir. Chunki ularda hamma sharoit bor: ajoyib stadion, yaxshi ob-havo".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
22/08/2020 23:06
Unda bekobodliklar 2:1 hisobidagi g'alabani qolga kirtishdi???????????????????? Tom joyidami