
Andrey Shipilov "Bunyodkor"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugungi bahsga juda jiddiy tayyorlangandik. Raqibning kuchli tomonlarini yaxshi bilardik. Gadoev va Tursunov kabi futbolchilarning asosiy tarkibda tushishlari men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi. Biz o‘z taktikamiz va strategiyamizga 75-daqiqaga qadar to‘liq rioya qildik. Ha "Bunyodkor" katta tashabbusga ega bo‘ldi, ammo 75-daqiqaga qadar darvozamiz oldida deyarli xavfli vaziyat sodir etilmadi. Bugungi natija adolatli va "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Shipilov.
Fikrlar